beta

Qarzdorlikni avtomatik undirish xizmati bo‘yicha eng yaxshi taklif

Biz, “Xalq sug’urta” AJ, jamiyat foydasiga jismoniy shaxslarning bank kartalaridan avtomatik tarzda qarzdorlik summasi undirilishini ta'minlaydigan maxsus dasturiy yechimni tanlab olish maqsadida tanlov e'lon qilamiz.

Tanlovdagi asosiy shartlar:

Quyidagi turdagi plastik kartalar bilan ishlash imkoniyati:
UZKART (8600**** va 5614****);
HUMO (9860****, 4008****, 5555****);
CHINA UNION PAY (6262****);
VISA CARD (4073****);
MASTER CARD (5400****);
Kobeydj kartalardan yechib olish imkoniyati.
24/7 tartibda uzluksiz xizmat ko‘rsatish;
Sms-xabarnoma yoqilmagan kartalardan ham mablag‘ yechib olish imkoniyati;
Kiberxavfsizlik bo‘yicha barcha talablarga javob berish;
Markaziy Bank talablariga muvofiq har bir yechilgan mablag‘ haqida jismoniy shaxsning qo‘l telefoniga sms-xabarnoma yuborish.
Moliyaviy talablar:

Tanlov g‘olibi bilan shartnoma bo‘yicha kamida 8 000 000 000 (sakkiz milliard) so‘mlik qarzdorlik undiriladi;
Har bir plastik kartadan yechilgan mablag‘ uchun maksimal 2,5% (bank xizmat haqqi bilan) xizmat haqqi olinadi;
Tanlov uchun narx 200 000 000 (ikki yuz million) so‘m etib belgilangan.
Tanlovda ishtirok etish uchun talablar:

Dasturiy ta'minot xavfsizligi va qonuniy talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Maxsus axborot texnologiyalari yechimi yuqori samaradorlikka ega bo‘lishi lozim.
Barcha texnik hujjatlar va moliyaviy taklifni to‘liq taqdim etish zarur.

Hujjatlarni topshirish muddati: 25.01.2025 yil.

Hujjatlarni qabul qilish manzili:
Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Lashkarbegi MFY, Xamid Olimjon maydoni, 13A-uy

Qo‘shimcha ma'lumot uchun bog‘lanish:
Telefon: +998 71 202 1966
Elektron pochta: info@xalqsugurta.uz

Sizdan eng yaxshi takliflarni kutib qolamiz!