


Transport sug'urtasi
O'zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-apreldagi "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug' urta qilish to'g'risida" gi 155-son qonuniga muvofiq transport vositasi egasi transport vositasidan foydalanishda boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i va mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun o'z javobgarligini sug'urta qilishga majburdir.
Sug'urta summasi qonun hujjatlarida 40 mln so'm ekvivalentida belgilanadi, shundan:
- 65% – hayot va sog'lig'iga yetkazilgan zararni qoplash uchun 26 000 000 so'm
- 35% – moddiy zararni qoplash uchun 14 000 000 so'm